?

Konsultatsiya uchun arizani qanday qoldirish kerak?

 

 

Ushbu maqolada siz Clobus.uz xizmati foydalanuvchilari uchun konsultatsiyaga mustaqil ravishda ariza qoldirish tartibi haqida batafsil ma’lumot topishingiz mumkin. Ariza yaratish jarayoni Clobus.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Buning uchun foydalanuvchi veb-saytda avtorizatsiyadan o‘tishi kerak ("Владелец абонента" yoki "Администратор" roliga ega bo'lgan foydalanuvchi nomidan kirish tavsiya etiladi), ya’ni login va parolni kiritishi lozim.

Avtorizatsiyadan so‘ng foydalanuvchi "Активные подписки и консультации" (faol obunalar va konsultatsiyalar) sahifasiga o‘tib, ariza qoldirishi mumkin.

 


1. Xizmatda avtorizatsiya

Clobus.uz servisida konsultatsiya uchun ariza qoldirishdan avval tizimga kirish zarur. Buni qanday amalga oshirish haqida “Вход в сервис” (xizmatga kirish) maqolasida batafsil ma’lumot berilgan: Вход в сервис
 
                                         

                                               

2. Konsultatsiyalar sahifasiga o‘tish

Servisga kirganingizdan so‘ng, bosh sahifaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan “Активные подписки и консультации" (faol obunalar va konsultatsiyalar) sahifasiga o‘ting.

3. Kontakt ma’lumotlaringizni to‘ldiring / tekshiring

Ochilgan oynada kontakt ma’lumotlari shaklini to‘ldiring yoki avval kiritilgan ma’lumotlarni tekshiring.

1) Agar kontakt ma’lumotlaringiz mavjud bo‘lmasa, ularni kiriting va "Сохранить" (saqlash) tugmasini bosing.





2) Agar ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa yoki ularni tahrirlash kerak bo‘lsa, “Изменить данные” (ma’lumotlarni o‘zgartirish) tugmasini bosing, yangi ma’lumotlarni kiriting va “Сохранить” (saqlash) tugmasini bosing.

4. Ariza yarating

 

  1. “Создать заявку” (ariza yaratish) tugmasini bosib, ariza yarating.




    Shundan so‘ng arizani to‘ldirish uchun forma paydo bo‘ladi:

    - Язык (Til): RU/UZ 
    - Вид обращения (Murojaat turi): "Консультация по ведению учета" или "Техническая поддержка"
    - Приложение (Ilova): 1С:Бухгалтерия, 1С:Управление компанией или 1С:Розница
    - Категория вопроса (Savol kategoriyasi)
    - Вопрос (Savol matni)
    - Предпочтительное время и канал связи (Aloqa uchun qulay vaqt va kanal)

  2.  "Начать Консультацию" (kon­sultatsiyani boshlash) tugmasini bosing.



     

  3. Shundan so‘ng arizangiz qabul qilingani haqida xabar bilan chat oynasi ochiladi. Bu yerda siz xabar yuborishingiz yoki fayl biriktirishingiz mumkin.

  4. Ma’lum vaqt o‘tgach, mutaxassis siz bilan telefon orqali yoki sayt ichidagi ochilgan chat orqali bog‘lanadi.

 


 

Video qo'llanma

Konsultatsiya uchun ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma:

 

 

Иконка ожидания Ваше приложение готовится к использованию. Пожалуйста, подождите.